French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda suv tejovchi texnologiyadan foydalaniladi
12:56 / 2022-02-12

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sho‘r yuvish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tadbirlari bo‘yicha press-tur tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq, suv o‘lchash postlariga 206 ta “Aqlli suv” qurilmasi, shuningdek, uzatuv quduqlarida sizot suvlarini onlayn monitoring qiluvchi 357 dona (DIVER) qurilmasi o‘rnatildi. Ushbu qurilmalar inson omilisiz ma’lumotlarni tezkor olish va monitoring qilish imkonini beradi. 65 dona nasos stansiyalariga suv miqdorini onlayn monitoring qiluvchi qurilmalar o‘rnatildi va integratsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Xo‘jayli tumanida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Sho‘manoy tumanida suv tanqisligi sharoitida amalga oshiriladigan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Nazarov va boshqalar ta’kidlaganidek, 2021 yilda melioratsiya ob’ektlarida 18603,3 million so‘m mablag‘ hisobiga jami 28,7 km kollektor-drenaj tarmog‘i, 4 ta ko‘prikni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1256,4 kilometr (yillik rejaga nisbatan 108 foiz) kollektor-drenaj tarmog‘ida ta’mirlash-tiklash ishlari bajarildi.

Joriy yilda melioratsiya ob’ektlarida jami 134,1 km kollektor-drenaj tarmog‘i, 1 ta ko‘prikni qurish va rekonstruksiya qilish, 1145,0 kilometr kollektor-drenaj tarmog‘ida ta’mirlash-tiklash ishlari reja qilib olindi.

Rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish natijasida 50,5 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilanadi, 12,6 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonining barqarorligi saqlanishiga va 9,4 ming gektar kuchli va o‘rta sho‘rlangan maydonning hamda 18,4 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonida yer osti sizot suvlari muammoli holatda (0-2 metr) bo‘lgan yer maydonlarning kamayishi kutilmoqda.

Joriy yilda jami 22 500 gektarda suvni tejaydigan texnologiyalar, jumladan, 17 500 gektar maydonda (15000 gektar paxta, 2500 gektar bog‘-tok va boshqa ekinlarda) tomchilatib sug‘orish texnologiyasi, 5000 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilish rejalashtirildi. bugungi kunda talabgorlar bilan  quruvchi korxonalar o‘rtasida pudrat shartnomalari va tijorat banklari bilan kredit shartnomalari to‘liq rasmiylashtirilib, kredit mablag‘larini ajratish ishlari olib borilmoqda. Hozirda 560 gektar g‘alla maydoni uchun 11 milliard 310 mlillion so‘m kredit mablag‘i ajratilib, ushbu maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini qurish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, jami 735 ta suv xo‘jaligi ob’ektlariga zamonaviy raqamli texnologiyani, jumladan, suv resurslarini onlayn nazorat qilish imkonini beruvchi 341ta “Aqlli suv”, 270 ta meliorativ kuzatuv qudug‘ida yer osti sizot suvlari sathi va ularning minerallashganlik ko‘rsatkichlari monitoringini yuritish imkonini beruvchi “Diver” qurilmalarini o‘rnatish va 1 ta yirik ob’ektning boshqaruvini avtomatlashtirish, shuningdek, 123 ta nasos stansiyasida suv sarfini “onlayn” nazorat qilish imkonini beruvchi qurilmalarni o‘rnatish rejalashtirildi. bugungi kunda ushbu qurilmalarni o‘rnatish grafiklari ishlab chiqildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari ham blogerlar suv tanqisligi sharoitida mavjud suv resurslardan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tadbir ishtirokchilari “Suyenli” irrigatsiya tizimi boshqarmasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Boshqarma boshlig‘i Muratboy Aldjanovning qayd etishicha, jamoa hisobida 234,8 kilometr uzunlikda magistral va xo‘jaliklararo kanal va 286 dona suv xo‘jaligi inshooti mavjud. Ular Xo‘jayli, Taxiatosh, Sho‘manoy, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarining 161791 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonini suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA