O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovitkichli sig‘imlar uyushmasiga a’zo sub’ektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sig‘imlarni qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiyasi iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovitkichli sig‘imlar uyushmasiga a’zo sub’ektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovitkichli sig‘imlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash, shuningdek, ishga tushirilgan sovitkichli sig‘imlarning qish va bahor oylarida elektr energiyasi iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom talablari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovitkichli sig‘imlar uyushmasiga a’zo bo‘lmagan, kooperatsiya tashkil etmagan va sovitkichli sig‘imlarni ishga tushirmagan sub’ektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Sovitkichli sig‘imlarni qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiyasi iste’moli xarajatlarining bir qismi 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplanadi, 2024 yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
O‘zA