Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligiga oid seminarlar tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir nechta tumanlarida qishloq xo‘jalik sohasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, hosilning sifatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida seminarlar tashkil etildi.
Xo‘jayli tumanida «Shukurullayeva Tolg‘anay» fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov ishtirok etdi.
Tumanda faoliyat yuritayotgan dehqon, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari qatnashgan tadbirda paxtachilik sohasida belgilab berilgan topshiriqlar, iqlim o‘zgarishlari sabab soha oldiga yangi vazifalar qo‘yayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, Beruniy tumanidagi "Yakubov Jonibek" fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tgan dala seminarida dolzarb 30 kunlik tadbirning mazmun-mohiyati va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar tushuntirildi.
M.Karimova, O‘zA