Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda qancha gektar maydonga kartoshka ekiladi?
05:00 / 2022-02-09

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida”gi qarori asosida inspeksiya xodimlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lik sifati bo‘yicha sohada davlat siyosatining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

– Tumanlarda 2022 yil hosili uchun 1610 ta fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 2250 gektar asosiy maydoniga kartoshka ekish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlari hamda talab etiladigan mablag‘ning hisob-kitobi ishlab chiqildi va Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan, – deydi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bosh inspektori Islam Begjanov. – Ushbu maydonlarni ekish uchun talab etiladigan 6000 tonna kartoshka urug‘ini fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan Toshkent, Samarqand viloyatlari, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston va Qozog‘iston Respublikalaridan import qilish belgilangan. 

bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tadbirkorlar tomonidan 1000 tonna urug‘lik kartoshka olib kelingan bo‘lib, ularning GOST-33996 talabi asosida saqlanishi bo‘yicha inspeksiya xodimlari nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda. 

Boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning qonun talablari asosida olib borilishi kunlik nazoratga olingan. 

Dovud Abibullayev, O‘zA