O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbar xodimlari va mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.
Mutaxassislar aholi xonadonlarida 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan moliyaviy xarajatlarni tahlil qilish, intensiv veterinariya xizmati ko‘rsatish va aholini o‘qitish markazlarini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishadi.
Shuningdek, 2021 yilda amalga oshirilmay qolgan лойиҳаларнинг bank kreditlarini moliyalashtirish, loyiha tashabbuskorlari tomonidan kredit olish uchun berilgan arizalar va ularning qanoatlantirish holatini tahlil qiladi.
Shtab vakillari sigir va tanalarni sun’iy urug‘lantirish ko‘rsatkichlari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Chetdan olib kelingan naslli mollarni profilaktik emlash
va diagnostik tadbirlar monitoringini o‘rganishadi.
O‘zA