Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda hunarmandchilik an’analari davom etadi
12:07 / 2023-01-20

FOTOREPORTAJ

Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalar qatori hunarmandchilikni rivojlantirishga hamda soha vakillarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, xotin-qizlarning hunarmandchilik faoliyati uchun keng sharoit yaratilayotir. Bu ajdodlarimizdan meros milliy hunarmandchilik an’analari bardavomligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

[gallery-10328]

bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan hunarmandchilik sub’ektlari soni jami 6 ming 950 dan iborat. O‘tgan 2022 yil davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarni hunarmandchilik sohasiga o‘qitish, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun amaliy yordam ko‘rsatish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda jami 2878 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, 142 nafar hunarmandga o‘z loyihalarini amalga oshirishi uchun 5,4 milliard so‘m imtiyozli kredit berildi. Bundan tashqari ko‘plab hunarmandlarning xalqaro festival va ko‘rgazmalardagi faol ishtiroki ta’minlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA