Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda bayram tadorogi
12:30 / 2022-05-08

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Sharaf lentalari” ni tarqatish aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining aholi gavjum joylarida, savdo majmualari, xiyobonlar, Xotira maydonlari, jamoat transportlari va boshqa hududlarida mazkur lentalar tarqatilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mutasaddilarining ta’kidlashicha, bayram tadbirlari davomida urush va mehnat fronti faxriylari, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA