Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda allergologiya markazi tashkil qilinadi
18:57 / 2021-01-22

Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazining Qoraqalpog‘istonda filiali ochiladi. Mazkur filial U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Pulmonologiya va allergologiya bo‘limi qoshida tashkil qilinadi.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Axborot xizmati xabarida ta’kidlanishicha, Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi pulmonolog-allergologi G‘ayrat Qoziyev ushbu masalani o‘rganish uchun Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan.

G‘.Qoziyev U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Pulmonologiya va allergologiya bo‘limi shifokorlari bilan birgalikda bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi hamda pulmonologiya va allergologiya sohasida kelajakda tajriba almashish, kadrlarning bilim-ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilgan.

Ye.Qanoatov, O‘zA