Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda 38 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi
10:35 / 2022-10-15

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zolarining ishlari davom etmoqda.

Komissiya tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish davomida qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan gumonlanuvchilarning ikkinchi ro‘yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan edi.

Ombudsman matbuot xizmati xabariga ko‘ra, amalga oshirilgan ishlarning amaliy natijasi sifatida 2022 yilning oktyabr oyida yana 38 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Bu komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra Bosh prokuratura tomonidan amalga oshirildi.

O‘zA