Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish” bo‘yicha qo‘llanmalar yetkazib berildi
11:09 / 2022-09-07

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish qo‘llanmalari" Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetkazib berildi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur qo‘llanmalar mutlaqo bepul bo‘lib, respublikadagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi. 
  
Ta’kidlanishicha, bu metodik qo‘llanma bolalarning salomatligini saqlashda, shuningdek, tarbiyalanuvchilarga birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatishda va bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, ularni salomat va xavfsiz ovqatlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
  
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 610 nafar hamshira faoliyat yuritmoqda. 


   
O‘zA