Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi madaniy meros ob’ektlari restavratsiya qilinib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishi kerak
12:34 / 2021-02-04

Bu bo‘yicha qanday amaliy choralar ko‘rilmoqda?

Nukusda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi fraksiyasining qo‘shma majlisida ayni masala yuzasidan fikrlashildi.

Fraksiya a’zolari, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbir O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi, 2009 yil 13 oktyabrdagi “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosiga bag‘ishlandi.  

Partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining joriy yilgi ish rejasiga ko‘ra, davlatimiz rahbarining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilot vakillarining hisoboti eshitildi.  

Soha vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Q.Sharipov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i B.Qusekeyev va boshqalar arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning bugungi holati, turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish xususida gapirdi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan 288ta madaniy meros ob’ekti qayta tasdiqlanib kiritildi. Shundan, 131 tasi arxeologik, 24 tasi arxitektura, 88 tasi monumental san’at yodgorligi va 45 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.

2020 yil dekabr holatiga ko‘ra, 287 ta ob’ektning davlat kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, ro‘yxatdan o‘tkazildi va yagona tizimga tegishli axborotlar joylashtirildi. Moddiy madaniy meros ob’ektlariga sayyohlar va aholining kirishini elektron hisobga olish uchun turniket va ob’ektlarga muhofaza belgisi o‘rnatilmoqda. Ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda ushbu ob’ektlarga jamoatchi inspektorlar biriktirilmoqda. Ayni vaqtgacha Nukus shahri va tumanlardagi shu kabi obe’ktlarga 40 nafar jamoatchi inspektor biriktirildi.  

Sayyohlar ko‘p boradigan moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan Nukus shahri, To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a, Amudaryo, Qorao‘zak, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Kegayli tumanlari hududidagi avtomagistral yo‘l bo‘ylariga yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatildi.  

Qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘hna va boy madaniy merosini xalqaro miqyosida e’tirof etilishiga erishish maqsadida YUNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish maqsadida “Sahrodagi qasrlar” ob’ektlarining ro‘yxati shakllantirildi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taklif kiritildi. Ushbu ob’ektlarni o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ul tiashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan har yili madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish, ta’mirlash rejasi tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2021-2022 yillarda «Rejeb Xalifa» masjid-madrasasi me’moriy ob’ekti, «Iyshan qal’a» me’moriy majmuasi, «Chilpiq qo‘rg‘oni» arxeologik ob’ektida konservatsiya-restavratsiya va «Aqshaxon qal’a»da arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishi rejalangan. Mazkur ishlar vazirlikning joriy yilgi rejasiga ham kiritildi. Shu maqsadda Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi ekspertizasidan o‘tkazish uchun tegishli hujjatlar, ma’lumotlar taqdim etildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va tegishli qaror qabul qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA