Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xabarlari – qisqa satrlarda
17:15 / 2025-12-17

Kegeyli tumani “Juzim bag‘" ovul fuqarolar yig‘ini hududida mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi “Mahalla servis kompaniyasi”ning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi. 

So‘zga chiqqanlar “Mahalla servis kompaniyasi”ni rivojlantirish orqali joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish muhimligini alohida ta’kidlashdi.

Tadbir ishtirokchilari amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va yangi binoning zamonaviy talablarga javob berishini yuqori baholadi.

***

Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yangi qurilgan sport zali, oshxona va rekonstruksiyadan chiqqan yotoqxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024-2026 yillarda Ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan tasdiqlangan mazkur inshootlarni topshirish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Bayram Utemuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Yerkinbay Qutibayev va sport faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari yangi foydalanishga topshirilayotgan sport zalidagi sharoitlar bilan tanishdi. Bu yerda Osiyo, Jahon va Olimpiya chempionlari yetishib chiqishiga tilak bildirishdi.

***

Prezidentimizning 2024 yil 14 noyabrdagi “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy tumanida 2025 yilda 8 nafar ota-ona qaramog‘idan erta ayrilgan, voyaga yetgan yoshni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.  

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Beruniy tumani bo‘limi tomonidan bugun yana bir yoshga barcha zamonaviy qulayliklarga ega kvartira topshirildi. “To‘qimachi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi mazkur xonadon Yerbol Sarmanovga bitmas-tuganmas quvonch bag‘ishladi. 

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Beruniy tumani bo‘limi rahbari F.Primov uyni o‘z egasiga topshirar ekan, Prezidentimizning otalarcha g‘amxo‘rligi va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan e’tiborini alohida ta’kidlab o‘tdi. Yangi xonadon egasi kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib, xalqimizga xizmat qilishiga tilak bildirildi.

***

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxona mudirlari tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Kutubxona mudirlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularning o‘z ustida ishlashi uchun imkoniyat yaratish, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish va o‘zaro tajriba almashish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadidida tashkil etilgan tanlovda shahar va tuman bosqichlari g‘oliblari ishtirok etishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabining kutubxona mudiri P. Qorabekova, Qonliko‘l tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabining kutubxona mudiri D.Dauletbayeva ikkinchi, Taxiatosh tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabining kutubxona mudiri G.Beketova uchinchi o‘rinni egalladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri