Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xabarlari – qisqa satrlarda
19:13 / 2024-01-09

Ellikqal’ada yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

Ellikqal’a tumani “Iqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yuz o‘ringa ega bo‘lgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi.

So‘nggi yillari yurtimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, maktabgacha va maktab ta’limi tizimining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, zamon talabiga mos bilim berish sifatini oshirish, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun yetarli sharoitlarni yaratish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda. Bu borada joylarda bolalarni maktabgacha ta’lim maskanlariga qamrab olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 3 milliard so‘m qiymatidagi imtiyozli kredit hisobiga barpo etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilib, 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mahallalarda duv-duv gap 

Mo‘ynoq tumanidagi mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari tashkil etilmoqda.

“Madeli” ovul fuqarolar yig‘inidagi 12-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz raisligida 2023 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayoti bilan bog‘liq yangi istiqbolli tashabbuslarni e’tirof qilib, 9 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Ana shu vazifalardan kelib chiqib, joylarda ma’naviyat va ma’rifat sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir davomida viktorina o‘yinlari tashkil etilib, g‘oliblarga ma’naviyat asosi bo‘lgan kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga tuman Madaniyat bo‘limi hamda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Ehtiyojmand oilalar e’tiborda 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan “Mehr harakati” doirasidagi xayriya tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan, filial xodimlari tomonidan homiylar bilan hamkorlikda kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q, ehtiyojmand oilalar ahvoli o‘rganib chiqildi. Ularning ehtiyojiga qarab 3 ta oilaga uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy texnika vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Shuningdek, farzandlarini kasbga yo‘naltirish maqsadida, bepul ta’lim olishi uchun “PROGRESS UP” o‘quv markaziga sertifikatlar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.