Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xabarlari – qisqa satrlarda
10:40 / 2023-08-31

Ellikqal’a tumanining eng olis hududi – “Chuqurqoq” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili oldidan 176 o‘rinli yangi maktab binosi va sport zal foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 25 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida Ellikqal’a tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi va yangi sport zali qurilishi rejalashtirilgan edi. Loyiha qiymati 4 milliard 12 million so‘m bo‘lgan maktab binosi va yangi sport zalini foydalanishga topshirish marosimida so‘zga chiqqanlar tomonidan Prezidentimiz rahnamoligida eng olis hududlardagi aholi farovonligini oshirishga katta e’tibor qaratilayotganligi alohida ta’kidladi.  

* * *  

Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida Qonliko‘l tumani “Navro‘z” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida dastlabki uy-joyning qurilish ishlari yakunlanib, o‘z egalariga topshirildi. Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida 14,3 gektar yer maydoni ajratilib, 10 ta 5 qavatli 30 kvartirali uy-joy hamda 2 ta ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ekti qurilishi rejalashtirilib, shundan dastlabkisi foydalanishga topshirildi.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda uy-joyga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berishdi.  

* * *  

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi oldidan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq bo‘limi tomonidan xayriya tadbiri o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.  

Jumladan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillik bayrami munosabati bilan mana shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.  

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri.