Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisning birinchi o‘rinbosari tayinlandi
22:51 / 2020-11-07

Yerlepesov Nurullan Umirzakovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

N.Yerlepesov mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish hamda raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Mashinasozlik hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga mo‘ljallangan sanoat tadqiqotlari markazi direktori, ushbu vazirlikning sanoat mahsulotlari bozorini rivojlantirish hamda barqarorlashtirish strategiyasi departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Sanoat siyosatini yuritish departamenti direktori kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisning birinchi o‘rinbosari lavozimida oldin Chimboy tumaniga hokim etib tayinlangan  Aybek Tajetdinov ishlab kelgan edi.