Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 22 ming 170 dan ziyod o‘quvchi bilim va mahorat oshirmoqda
15:13 / 2022-09-23

FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida joylashgan “Istiqlol” bolalar dam olish maskanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Imkonimsan – barkamol avlod” shiori ostida to‘garaklar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir maktab faoliyatini targ‘ib etish, o‘quvchi-yoshlarni to‘garaklarga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadiga qaratildi. Unda to‘garak a’zolarining amaliy va tasviriy san’at, aviamodel, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi ijodiy ishlari namoyish etildi.

[gallery-8887]

Ta’kidlash joiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Madaniyat va san’at”, “Texnik konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlash”, “Chet tillari”, “Ekologiya” yo‘nalishi bo‘yicha jami 772 ta to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, ularga 22 ming 170 dan ziyod o‘quvchi jalb etilgan.

 


Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA