Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda xalqaro investitsion forumi o‘tkaziladi
15:43 / 2019-10-29

Forumda dunyoning 40 ta davlatidan 200 dan ortiq chet ellik mehmonlar – hukumat delegatsiyalari va biznes vakillarini ishtirok etishi kutilmoqda.


Nukus shahrida joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Invest in Karakalpakstan” xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. 

Forumda dunyoning 40 ta davlatidan 200 dan ortiq chet ellik mehmonlar – hukumat delegatsiyalari va biznes vakillarini ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, forumda investitsiya faoliyatini aktivlashtirish, biznes aloqalari uchun samarali platformani shakllantirish va Qoraqalpog‘istonga investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qilinadi.

Forumning asosiy vazifalari investitsion salohiyat haqida g‘oyalarni shakllantirish, yangi loyihalarni moliyalashtirishning haqiqiy manbalarini ko‘rib chiqish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini o‘rganish, biznes aloqalarini o‘rnatish uchun manfaatdor tomonlarni jalb qilish sanaladi.

Ikki kun davom etadigan forumda iqtisodiy va turistik salohiyat to‘g‘risida taqdimot o‘tkaziladi va madaniy dasturlar tashkil qilinadi. Forum o‘tkaziladigan hududda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Forum ishtirokchilari uchun Qoraqalpog‘istonning tarixiy va madaniy yodgorliklariga ekskursiyalar tashkil etiladi.

Tadbir yakunida xorijiy investorlar bilan shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.