Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpogʻistonda quriladigan shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun tender eʼlon qilindi
13:40 / 2020-04-16

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak tumanida quriladigan Oʻzbekistondagi birinchi shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun tender eʼlon qilindi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak tumanida quriladigan Oʻzbekistondagi birinchi shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun tender eʼlon qilindi. Mazkur loyihada ishtirok etishdan manfaatdor boʻlgan investorlar buyurtmalarini 2020-yil 13-maygacha topshirishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarni ushbu loyiha boʻyicha obyektlarni rivojlantirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va ulardan foydalanishda ishtirok etishga taklif etadi. Shamol energetikasi loyihasi boʻyicha birinchi tender Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki koʻmagida hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshiriladi, uning yakuniy maqsadi umumiy quvvati 1 gigavatt boʻlgan shamol elektr stansiyalarini qurishdir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qaraoʻzak tumanida ushbu shamol elektr stansiyasini va tegishli infratuzilmani qurish uchun joy tanlangan. Ayni paytda ushbu hududda ekologik tadqiqotlar va qushlarning migratsiyasini oʻrganish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, birinchi elektr stansiyasi quriladigan maydon yaqinida umumiy quvvati 200 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun ham shunga oʻxshash tender oʻtkaziladi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini jalb qilish boʻyicha keng koʻlamli strategiyaning bir qismidir.

Umuman, ushbu strategiya mamlakatda iqtisodiy oʻsib borayotgan elektr energiyasi isteʼmolini qondirish uchun kelgusi 10 yil ichida quvvati 3 GVt gacha boʻlgan shamol elektr stansiyalari qurilishini koʻzda tutadi.