Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpogʻistonda qadimiy va zamonaviy qurol-yarogʻlar namoyishi oʻtkazildi
20:06 / 2020-01-20

Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida qadimgi davrlardan buyon saqlanib kelinayotgan eski qalʼalar, qarorgohlar, karvonsaroylar, qoʻrgʻonlarning izlari bugungi kunda ham oʻz qiymatini yoʻqotmagan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

1.jpg

15 (1).jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan koʻrgazma aholini muzey fondida saqlanayotgan qadimgi davrlarga tegishli qurol-yarogʻ namunalari va harbiylar foydalanayotgan zamonaviy jangovar qurollar bilan tanishtirish, ularning kelib chiqish tarixi, yasalish texnikasi va qoʻllanilishi haqida maʼlumot berishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Muzeyning arxeologiya fondida saqlanayotgan qadimiy davrlarga oid topilmalar Janubiy Orolboʻyida yashab kelgan xalqlarning madaniyati, yashash sharoiti, diniy eʼtiqodi, shuningdek, dushmanlardan himoyalanishda foydalangan qurol-yarogʻlari haqida keng tushuncha beradi. 

14.jpg

13.jpg

Koʻrgazmada Tuproq-qalʼa, Odamli-qalʼa kabi antik davr yodgorliklari qatorida Katta Guldursun, Qavat-qalʼa va Jampiq-qalʼa yodgorliklaridan topilgan oʻrta asrlarga tegishli 34 ta qurol-yarogʻ namunasi oʻrin olgan. Kamon boʻlaklari, bronza va temirdan ishlangan oʻq uchlari, oʻqdon boʻlagi, har xil hajmdagi toshdan yasalgan yadrolar, nayza uchlari, jangovar boltalar, pichoqlar va boshqa qadimiy qurol – yarogʻ namunalari qadim tarixdan guvohlik beradi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan foydalanilayotgan zamonaviy oʻquv qurol-aslahalari va qoʻriqlash signalizatsiya uskunalari ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. 

4.jpg

6.jpg