English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha 1,8 milliard so‘mlik 5 loyiha amalga oshirilmoqda
14:46 / 2016-10-26

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda 11 ming 111 gektar maydonda sabzavot, 9 ming 508 gektarda poliz, 5 ming 325 gektar yerda kartoshka yetishtirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda 11 ming 111 gektar maydonda sabzavot, 9 ming 508 gektarda poliz, 5 ming 325 gektar yerda kartoshka yetishtirildi.

Etishtirilgan hosilni ichki bozor va qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib berish, uning eksportini ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kuz-qish mavsumiga g‘amlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha meva-sabzavotni qayta ishlashga yo‘naltirilgan umumiy qiymati 1,8 milliard so‘mlik 5 loyiha amalga oshirilayotir. Joriy yilda barcha turdagi xo‘jalik subyektlarida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlaridan davlat buyurtmasi uchun 84,9 ming tonna meva-sabzavot, kartoshka, uzum va poliz mahsulotlari xarid qilish rejalashtirilgan.

Nukusda o‘tkazilayotgan meva-sabzavot hududiy yarmarkasida bu alohida ta’kidlandi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, eksportini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

8.jpg

Yarmarkada fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan turli oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, tayyor mahsulotni eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar faoliyati aks ettirilgan bannerlar, axborot materiallari, taklif etilayotgan meva-sabzavotlardan namunalar namoyish etilmoqda.

Ular orasida Nukus tumanidagi “Uzoq-Ruslan” fermer xo‘jaligi ham bor. Xo‘jalik tasarrufidagi 90 gektar yerning 15 gektarida paxta, 33 gektarida g‘alla, 14 gektarida poliz-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi.

– Xo‘jaligimiz bu yil 120 million so‘mdan ziyod daromad oldi, – deydi fermer Ikrom Uzoqov. – Joriy yilda davlatga 34 tonna paxta, 64 tonna bug‘doy sotish bilan birga dalalarimizda qovun-tarvuz, oshqovoq, sabzi, pomidor, tariq, kunjut, mosh kabi oziq-ovqat mahsulotlari ham yetishtirdik. Yarmarkada tayyorlov idoralari va qayta ishlovchi korxonalar bilan shartnoma tuzishni rejalashtirganmiz.

Yarmarkada mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi, zaxira qiluvchi va eksportchi korxonalar o‘rtasida ko‘plab shartnomalar imzolanashi kutilmoqda.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev so‘zga chiqdi.