Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi vaziri ham birinchi muallimini bayrami bilan tabrikladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Amanjol Ayapov Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov boshlagan #ustozingdan_xabar_ol chellenjini davom ettirgan holda, oʻzi tahsil olgan maktabidagi birinchi ustoziga borib, ustozini bayram bilan tabrikladi.

Vazir A.Ayapov Ustozlar kuni arafasida oʻzi taʼlim olgan Qonlikoʻl tumanidagi 8-sonli umutaʼlim maktabida dastlabki taʼlim bergan ustozi Kaniyazova Dametken Matmuratovnani bayram bilan tabriklash maqsadida xanodaniga tashrif buyurdi.
Ustoz hayot tushunchasi paydo boʻlganidan buyon yashab kelayotgan siymo. Shu bois, azal-azaldan ustoz-murabbiylarga boʻlgan ishonch, hurmat-izzat oʻzgacha. Ustozni eslaganda koʻz oʻngimizda yuksak fazilatlar egasi, ziyoli, bilimi va mehri oqar chashmadek toʻlib-toshgan inson gavdalanadi, - deydi vazir.
- Shuni taʼkidlash joizki, Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov boshlab bergan bu xayrli amalni davom ettirib, buni oʻzimizga xos chellenjga aylantirish tashabbusini ham ilgari surish kelejak yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish, ularni barkamol voyaga yetkazishda ustoz-murabbiyning oʻrnini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmasligining ifodasidir!
Eslatib oʻtamiz, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” arafasida oʻzining birinchi ustozini yoʻqlab borib, #ustozingdan_xabar_ol chellenjini eʼlon qilgan edi.