Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoramol terisi xom ashyosi eksportiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
12:55 / 2021-10-06

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qo‘mita mutaxassislarining Ukraina respublikasi Davlat veterinariya xizmati mutasaddilari bilan olib borgan muloqotlari natijasida yurtimizdan Ukrainaga qoramol terisidan olinadigan xom ashyolar eksporti uchun qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq bekor qilinib eksportga ruxsat etildi.

Joriy yilning may oyida Ukraina davlat veterinariya xizmati ekspertlari tomonidan mamlakatimizda veterinariya auditi va inspeksion o‘rganishlari tashkil etilgandi. Birinchi bosqichda Sirdaryo tumanidagi “Peng Sheng Charm” qo‘shma korxonasi hamda Qibraydagi “Shosh Charm Plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati Ukrainaga eksport qiluvchilar reyestriga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘zimizda yetishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlarini dunyo bozoriga olib chiqish borasida konseptual “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

 

O‘zA