Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorako‘lda yana 15 ish o‘rni yaratildi
20:19 / 2023-12-01

So‘nggi yillarda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida ham turizm va xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanmoqda. Mazkur yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tumanda qorako‘llik tadbirkor Baxtiyor To‘rayev tashabbusi bilan  “Volidam” nomli zamonaviy mehmonxona ish boshladi. Loyihani amalga oshirish uchun 3 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.  

Mehmonxonaning ochilish marosimi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov, tuman hokimi Xurshid Tohirov so‘zga chiqdi. Bu kabi loyihalar hududning turizm imkoniyatlarini yanada oshirishda, sayohatchilar sonining ko‘payishida hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim ekanligi ta’kidlandi.  

Zamonaviy loyiha asosida qurilgan mehmonxonada 2-3 kishilik va oilaviy yashashga mo‘ljallangan bir-biridan shinam 21 ta xona mavjud. Bundan tashqari, yangi mehmonxona hududida bir vaqtning o‘zida 200 kishiga xizmat ko‘rsatuvchi restoran ham faoliyatini boshladi.  

Eng asosiysi, yangi mehmonxona ishga tushishi bilan 15 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

[gallery-14856]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari