Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorako‘lda dam olish yo‘laklari
10:23 / 2026-02-26

“Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan “Sohil bo‘yi” dam olish yo‘laklari hamda Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab tashkil etilayotgan yangi dam olish hududlari tumandagi muhim loyihalardan biridir.

Ushbu loyihalar nafaqat hududning tashqi ko‘rinishini yangilash, balki aholining mazmunli dam olishini tashkil etishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida fuqarolarning har tomonlama hordiq chiqarishi uchun barcha zarur sharoit yaratilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, zamonaviy ko‘ngilochar maskanlar, oilaviy dam olish zonalari, bolalar uchun xavfsiz va shinam o‘yin maydonchalari, sayr qilish va sport bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan hududlar barpo etiladi.

Shu bilan birga, “Sohil bo‘yi” dam olish maskani tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ham katta imkoniyatlar ochib beradi. Bu yerda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, shinam kafe va milliy taomlar maskanlari, shuningdek, milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosi uchun maxsus joylar tashkil etiladi. Natijada yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahalliy tadbirkorlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi.

“Sohil bo‘yi” dam olish maskani foydalanishga topshirilgandan so‘ng Qorako‘l tumanidagi eng chiroyli va jozibador hududlardan biriga aylanishi kutilmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA