Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorako‘lda zamonaviy dehqon bozori
12:00 / 2017-08-28

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani markazidagi dehqon bozori rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani markazidagi dehqon bozori rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Prezidentimizning joriy yil 27-martdagi “2017-2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bozorda umumiy qiymati 7,1 milliard so‘mlik loyiha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuman bo‘limi krediti, tadbirkor va homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Dehqon bozoridan 200 rasta, go‘sht, sut, non va non mahsulotlari, quruq meva va turli shirinliklar pavilyonlari o‘rin olgan. Ikki qavatli 14 do‘kon ham qurilib, savdo shoxobchalari soni 69 taga yetdi.

Bozorda yaratilgan bunday qulayliklar va savdo madaniyatidan xaridorlar mamnun.

– Har qanday kishining havasini tortadigan bozor bo‘ldi, – deydi o‘zini Asror Rahmatov deb tanishtirgan xaridor. – Bozorimiz doimo to‘kin bo‘lgan, lekin sharoit yaxshi emas edi. Mana endi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijdan keladigan sayyohlarni ham bemalol bozorimizga olib tushaveramiz. Qarang, qaysi shahar bozoridan kami bor? Mustaqillik bayramiga ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Dehqon bozori yonida har biri 200 mashinaga mo‘ljallangan 2 avtoturargoh qurilishi ham boshlab yuborildi.