Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorakoʻl maktabi – taʼlim tizimida tajriba maskaniga aylanmoqda
10:58 / 2020-10-09

Prezidentimizning oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh ziyoli va fidoyi pedagoglar bilan boʻlgan uchrashuvida Qorakoʻl maktabida yoʻlga qoʻyilgan oʻqitish uslubi eʼtirof etilgan edi.


Prezidentimizning oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh ziyoli va fidoyi pedagoglar bilan boʻlgan uchrashuvida Qorakoʻl maktabida yoʻlga qoʻyilgan oʻqitish uslubi eʼtirof etilgan edi.

Hozirgi kunda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan akademik litsey va Xalqaro matematika maktabi chin maʼnoda taʼlim-tajriba maskaniga aylanmoqda.

Ayni paytda Qorakoʻl taʼlimidan andoza olib, hududlarda maktablar tashkil etish anʼanasi yoʻlga qoʻyildi va bu marafonda Navoiy va Sirdaryo viloyati yetakchilardan boʻlishdi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Qibray tumanida ana shunday maktablarni tashkil qilish harakatlari boshlab yuborildi.

Respublikamizdagi qator taʼlim muassasalari tomonidan Qorakoʻl taʼlimi tajribasini oʻrganish jarayoni davom etmoqda. Jumladan, shu kunlarda Xalqaro matematika maktabi va akademik litseyga tajriba almashish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Qashqadariyo viloyati Chiroqchi tumanidagi 106-umumtaʼlim maktabi, Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi 50-umumtaʼlim maktabi jamoasidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Qorakoʻl akademik litseyi muzeyiga sayohat uyushtirilib, xalq taʼlimi sohasi vakillari litseyda yaratilgan sharoitlar, Smart sinflar faoliyati bilan tanishdi.

Mehmonlar shundan soʻng, oʻquvchilarining 100 foizi joriy yil oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlgan Xalqaro matematika maktabi faoliyati bilan ham tanishdi. Nafaqat mamlakatimiz, balki jahonda ham xalqaro maqom uchun kurashayotgan kur maktab faoliyati faqatgina qatʼiy intizom va mashaqqatli mehnatga asoslanganligi taʼkidlandi.

Shu kuni Sirdaryo viloyati pedagog kadrlarni qayta tayorlash instituti va Xalqaro maktab jamoasi oʻrtasida “ZOOM” dasturi orqali seminar tashkil yetildi. Tinglovchilarga maktabning tajribali matematika fani oʻqituvchilari tomonidan namuna darslari oʻtib berildi.

Rabbonqul Muxtorov,
Qorakoʻl tumani hokimligi matbuot xizmati rahbari.