Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorabog‘ni minadan tozalashda kalamushdan foydalanilmoqda
17:48 / 2023-12-05

Ozarbayjonlik sapyorlar Qorabog‘ hududini mina va portlamay qolgan snaryadlardan tozalash jarayonida maxsus o‘qitilgan kalamushlardan foydalanmoqda, deya ma’lum qildi Minadan tozalash bo‘yicha milliy agentlik (ANAMA) vakili Farxod Isoyev Ozarbayjonda minadan jabr ko‘rganlar va nogironlarni himoya qilishga bag‘ishlab uyushtirilgan davra suhbatida.

– Minadan tozalash maqsadida sapyor itlar va kalamushlardan foydalanyapmiz, – degan mulozim. – Shuningdek jarayonga zirhlangan ekskovator, jumladan Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan “Revival-B” va “Revival-T” maxsus texnikasi jalb qilingan.

Ta’kidlanishicha, 2020 yildan hozirgacha Qorabog‘da 337 kishi minaga duch kelib, 65 inson, jumladan 50 nafar begunoh aholi vakili halok bo‘lgan.

Avvalroq Armaniston tomoni Ozarbayjonga Qorabog‘ning ayrim hududlaridagi mina maydonlari aks etgan xaritani bergani ma’lum bo‘lgandi. Boku fikricha, mazkur xaritalarning aniqlik darajasi juda past, atigi 25 foizni tashkil etmoqda. Bu o‘z navbatida Qorabog‘ni tiklash ishini sekinlashtirmoqda.