English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Qora ro‘yxati»ga tushganlarga banklar kredit ajratmaydimi?
17:07 / 2022-09-07

Ba’zan ko‘pchilik fuqarolarimizning «banklar «qora ro‘yxati»ga tushganim uchun kredit ajratmay sarson qilyapti», mazmunidagi murojaatlarini eshitib qolamiz.

Soha mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bank tizimida «qora ro‘yxat» tushunchasi, umuman, kredit ajratilishi taqiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan «maxsus ro‘yxat» yoki «ma’lumotlar bazasi» mavjud emas.

Qolaversa, «qora ro‘yxat» tushunchasi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank xodimlari tomonidan olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga «qora ro‘yxatga tushib qolgansiz», deb tushuntirishi oqibatida vujudga kelayotganini aytishdi.

Barchaga ma’lum, bugungi kunda ko‘pchilik fuqarolar kreditlardan faol foydalanadi. Endilikda Yagona portal fuqarolarga ilk foydalanishda bepul bo‘lgan kredit tarixi xizmatini taqdim etadi.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz veb сайтига murojaat qilib xizmat nomini kiritasiz. Ushbu holat aslida fuqaroning «kredit tarixi» ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda undan barcha kredit beruvchi tashkilotlar fuqaroga kredit berishdan oldin foydalanishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, kredit tarixi, bu – sizning kredit va qarzlaringiz haqidagi ma’lumot. Unda kreditlar qachon, qancha miqdorda va qayerdan olinganligi, keyin qanday qaytarilganligi va buni kim so‘ragani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bularning barchasi my.gov.uz portalining kredit tarixi bo‘limida saqlanadi.

Kredit tarixini ilk marta bir yilda bir marotaba bepul olish mumkin. Pullik tartibida esa istalgancha olish mumkin. Kredit tarixida xatolar aniqlansa, ularni bank orqali tuzatish mumkin.

Kredit tarixini nafaqat bank, balki sug‘urta kompaniyasi, notarius, sud yoki ish beruvchi fuqaro roziligi bilan tekshirishi mumkin.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA