Sariosiyo tumanidagi Yangihayot mahallasida yashaydigan Suhrob Fattoyev o‘z uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi Xarkush daryosi qirg‘og‘ida toliqib qolgan qora laylakka duch keldi.
O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob qushni tabiat jonkuyarlariga topshirib, hayotini saqlab qolishga ahd qildi.

Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassislarining aytishicha, qora laylak yurtimizdagi eng noyob va muhofazaga muhtoj qushlardan biri bo‘lib, tabiiy yashash muhitida kamdan-kam uchraydi.

Tezkor chaqiruv asosida voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining nazorat inspeksiyasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, Termiz hayvonot bog‘i vakillari, veterinariya mutaxassislari qushni qabul qilib oldi.
Ayni paytda noyob qush Termiz hayvonot bog‘ida mutaxassislar nazorati ostida vaqtincha saqlanmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri