Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qora kursiga o‘tirgach...
12:53 / 2024-09-18

Joriy yilning 16 aprel kuni soat 20:00 larda 1987 yil G‘ijduvon tumani, Oqrabot qishlog‘ida tug‘ilgan G‘ayrat (ismi o‘zgartirildi) uyida turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi va metall dastali boltaning tig‘ qismi bilan rafiqasining bosh va orqa bel sohasiga qasddan urib, unga og‘ir shikast yetkazadi.

Sudning qora kursisiga o‘tirgach u qilmishiga pushaymon bo‘ldi. Oilani muqaddas bilgan jabrlanuvchi ayol turmush o‘rtog‘ini kechirdi, u bilan yarashdi, hatto da’vo ham qilmadi. 

Shunday bo‘lsada, qonun barchaga barobar. Sud G‘ayratga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1261-modda 7-qismining “j” bandi bilan yetti yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. 

Biroq, sud jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini, u qilmishiga pushaymonligini, jabrlanuvchi bilan yarashib, voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandlarni tarbiyalab kelayotganligini, oilada yagona boquvchiligini, qolaversa, uning qaramog‘ida qariya kasalmand onasi borligini, G‘ijduvon tumani “Oqrabot” mahalla fuqarolar yig‘inining kafolat xatini e’tiborga oldi. 

Insonparvarlik tamoyillari asosidagi qonunlarimiz G‘ayratning joniga oro kirdi. Natijada, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasini qo‘llab, shartli hukm qilinib, 2 (ikki) yil sinov muddati belgilandi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.