Qora dengiz tubiga gaz quvuri yotqizish boshlandi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Qora dengiz tubiga tabiiy gaz o‘tadigan quvur yotqizish ishlari boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.
Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Sakarya gazi 2023 yil birinchi choragidan boshlab turk iste’molchilariga yetib boradi.
Davlat rahbari aytishicha, 2020 yil topilgan Sakarya konidan gaz qazib olish 2026 yilga kelib eng yuqori cho‘qqiga chiqiadi. Dastlabki bosqichda sutkasiga 10 million kub/metr mahsulot olinadi.
Avval Turkiyaning Qora dengiz tubidagi tabiiy gaz zaxirasi hajmi 540 milliard kub/metrni tashkil etishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
O‘zA