Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qora delfin” g‘olib bo‘ldi
13:15 / 2025-12-14

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Kosari” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur ko‘pkari musobaqalarida respublikaning deyarli barcha viloyatlaridan kelgan 400 dan ziyod mohir chavandozlar ishtirok etdi.

O‘n minglab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida kechgan ko‘pkari musobaqasining yakkalik kurashlarida ikki marra o‘rtasida borish va qaytish uchun alohida solim solindi. Sovrin uchun 5 bosh tuya, 5 bosh toy, 10 bosh ho‘kiz, 15 bosh qo‘chqor, 20 bosh taka, maishiy texnika vositalari hamda viloyat hokimining bosh sovrini – Cobalt  avtomobili tikildi.

Bosh sovrin uchun kurashda romitanlik Kozim polvon o‘zining “Qora delfin” laqabli otida ishtirok etib g‘olib bo‘ldi. Avtomashina kalitini viloyat hokimi Botir Zaripov tantanali ravishda topshirdi.

Zarif Komilov, O‘zA