Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qor qoplagan tog‘larda yovvoyi hayvonlarga ozuqa yetkazilmoqda (+video)
15:38 / 2026-01-19

Surxondaryo viloyatidagi tog‘larni qoplagan qalin qor “Yuqori to‘palang” milliy tabiat bog‘idagi yovvoyi hayvonlar uchun ozuqa topishni qiyinlashtirdi.

Tabiat bog‘i qo‘riqchilari ularni yetarli ozuqa bilan ta’minlab, jonivorlarning sovuq kunlarda aziyat chekmasligi uchun navbatdagi biotexnik tadbirni o‘tkazayotir. Belgilangan joylarga ozuqa yetkazilib, yovvoyi hayvonlarning betalafot oziqlanishiga qulay sharoit yaratilmoqda. 

Tabiat jonkuyarlarining bu tadbirlari xushmanzara tabiat bog‘ini o‘ziga makon tutgan  hayvonot dunyosining qishda ham yashash muhitini muhofaza qilib, biologik muvozanatni saqlashga qaratilgani va barcha ishlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

– Sariosiyo tumani “Yuqori to‘palang” milliy tabiat bog‘ining Zevar bo‘limi Xo‘jasiddiq massivi qalin qor bilan qoplangani sababli yovvoyi jonivorlar uchun maxsus joylarga omuxta yem, xashak tarqatilmoqda, – deydi milliy tabiat bog‘i xodimi Ikrom Xolmirzayev. – Shuningdek, ularni tizimli kuzatish, harakatlanishi va sonini o‘rganish uchun zamonaviy fotoqopqonlar o‘rnatildi. 

Hisor tog‘ tizmalari qo‘ynidagi milliy tabiat bog‘i 27 ming 851 gektar maydonda tashkil etilgan. Bu yerning noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi davlat muhofazasiga olingan. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/x6vihuLJOzw" title="Qor qoplagan tog‘lardayovvoyi hayvonlarga ozuqa yetkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri