Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qor ostida qolgan sayyohlar…
10:27 / 2025-10-06

Everestning Tibet yaqinidagi qismida qor bo‘roni sabab 200 dan ziyod sayyoh tog‘ yon-bag‘rida qolib ketgan. Xitoylik qutqaruvchilar ularning hammasi bilan aloqa o‘rnatilganini ma’lum qildi. Davlat ommaviy axborot vositalari yozishicha, jami 350 nafar sayyoh allaqachon xavfsiz joyga olib chiqilgan.

Voqea XXRda sakkiz kunlik milliy ta’til haftasi oxirida yuz bergan. Vodiyda bu gal qor odatdagidan ancha kuchli yoqqan. Natijada ko‘plab yo‘l va so‘qmoqlar yopilib qolgan.

Favqulodda xizmat xodimlari hamon qalin qor va sovuq shamol bilan yuzma-yuz qolganlarni qutqarmoqda. Bir gid aytishicha, ayni mavsum bunday kuchli yog‘ingarchilik “noodatiy hol” ekan.

Musulmon Ziyo, O‘zA