FOTOREPORTAJ
Qish faslida Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i o‘ziga xos, betakror manzaraga aylanadi. Qishloq va uning atrofidagi baland tog‘lar qalin qor bilan qoplanib, tabiat go‘yo oppoq libosga burkanadi. Bu manzara insonga orom bag‘ishlaydi.
Tog‘li hudud bo‘lgani sababli havo o‘ta tiniq, ayozli va sof bo‘ladi. Bu yerda nafas olishning o‘zi ham insonga kuch-quvvat bag‘ishlaydi.
So‘nggi yillarda, ayniqsa 2025 yilga kelib, Shohimardon qishlog‘i zamonaviy turizm maskani sifatida rivojlanib bormoqda. Qish faslida ham sayyohlar va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
[gallery-26837]
Shu bois, Shohimardon qishi nafaqat o‘zining go‘zal tabiati, balki tinchligi, sokinligi va sof muhiti bilan ham tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qiladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA