Qo‘qonda yangi sport-sog‘lomlashtirish markazi faoliyat boshladi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Qo‘qon shahar hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyiha doirasida mini futbol, voleybol va basketbol uchun ochiq sport majmuasi barpo etildi.
[gallery-12113]
«Degrezlik» mahallasidagi 11-maktab hududida qurilgan sport majmuasida o‘quvchilar qatori mahalla aholisi ham muntazam sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Majmuaning ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov, sektorlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA