French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qonda “Yandex Go”ning ovqat buyurtma qilish xizmati ishlay  boshladi
19:04 / 2024-07-16

Kompaniyaning ma’lum qilishicha,  ushbu xizmatga 50 ga yaqin restoran, jumladan, Evos, KFC, Oqtepa, Bellissimo va Mini-food kabi ovqatlanish tarmog‘lari ulangangan. Hamkorlar soni o‘sishda davom etmoqda, bu esa hamyonbop narxdagi taomlar tanlovini kengaytiradi.

– Biz uchun  turli shaharlarda yaxshi xizmat ko‘rsatish va taomlarning keng tanlovidan foydalanish imkoniyatini yaratish, restoranlar esa ko‘proq mijozlarni jalb qila olishi muhimdir. Qo‘qonda biz yetkazib berish bo‘yicha talab yuqori ekanligini ko‘ryapmiz va uni barcha mijozlar uchun yanada qulayroq qilish maqsadida  o‘z yechimlarimizni taklif qilyapmiz, – deydi “Yandex Eats” kompaniyasining O‘zbekistondagi Bosh direktori Stanislav Datsko.   

Arzon restoranlar ro‘yxati buyurtma manziliga qarab moslashtiriladi: foydalanuvchi avval eng yaqin muassasalarni ko‘radi. Buyurtma holatinining barcha bosqichlarini ilovada kuzatish borish mumkin - u buyurtma tayyor yoki tayyor emasligini hamda kurer qayerdaligini ko‘rsatadi. 

Agar foydalanuvchi savol berishni yoki muloqot qilishni istab qolgan taqdirda ilova orqali tunu-kun ishlaydigan qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud.   

O‘zbekistonning barcha shaharlarida ishlaydigan ovqat buyurtma qilish xizmatini ishga tushirish bo‘yicha ilk urinishlar bundan o‘n yillar avval boshlangan. O‘shanda biznes vakillari  o‘z g‘oyalarini hatto poytaxtda ham  amalga oshira olmagan. Gap nafaqat resurslar, texnologiyalar yoki tajriba yetishmasligida  edi – aksincha restoran egalariga o‘z muassasalariga ko‘proq tashrif buyuruvchilarni jalb etishga harakat qilmay, ularga ovqatlarni mijozlarning uylariga yetkazib berish nima uchun kerakligini tushuntirish qiyin bo‘lgan.  Endi ularning fikrlashi tubdan o‘zgarib, yetkazib berish  g‘alati tuyulmay qoldi, balki raqobat ustunligiga aylandi. 

Roman BONDARCHUK

tayyorladi, O‘zA.