Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qonda yana bir zamonaviy tibbiyot maskani foydalanishga topshirildi
12:39 / 2025-08-31

FOTOREPORTAJ

Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida “AKIF” xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat boshladi.

Mazkur muassasada 80 o‘rinli statsionar va kuniga 250 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega ambulator bo‘lim tashkil etilgan. Loyiha natijasida 65 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Muassasa ochilishi bayram shodiyonasiga ulandi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o‘z tabrik so‘zida davlatimiz rahbarining xususiy tibbiyot muassasalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosiga alohida to‘xtaldi. Chegara hududlarda tibbiyot klasteri – klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan tizim tashkil etilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, viloyatda hozirda 1412 ta tibbiyot muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 964 tasi xususiy klinikadir. Joriy yilning o‘zida 32 ta yangi muassasa ishga tushirilib, 790 o‘rinli statsionar va 670 ish o‘rni yaratildi. Zamonaviy klinikalar faoliyati tufayli bemorlarning respublika markazi va xorijga borishi sezilarli darajada kamaydi.

[gallery-25085]

Yangi klinikada kardiologiya, intervension kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya, gastroenterologiya, pediatriya, ginekologiya kabi yo‘nalishlarda zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, abdominal, endoskopik, bariatrik xirurgiya, urologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya, stomatologiya va LOR jarrohlik kabi murakkab amaliyotlarni amalga oshirish uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA