Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qonda xalqaro forum bo‘ladi
12:25 / 2024-10-16

“Farg‘ona – vodiy gavhari. Investitsiya va turizm istiqbollari”. Bu – Qo‘qonda 17-18 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro forum mavzusidir. Forumga dunyoning 60 dan ziyod mamlakatidan tadbirkor, kompaniyalar rahbarlari va vakillari, taniqli turizm brendi egalari, jurnalistlar taklif etilgan. Ular Farg‘ona viloyati iqtisodiy salohiyati bilan tanishadi, sayyohlik manzillarida bo‘ladi va farg‘onalik hamkasb, maslakdosh hamda hamkorlari bilan yuzma-yuz uchrashib, shartnomalar tuzadi.

Shu kunlarda Farg‘ona, Qo‘qon yirik xalqaro forumga tayyor. “O‘rda” majmuasida forumning panell sessiyalari bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyatini ko‘rib, “Made in Fergana” sanoat va hunarmandchilik ko‘rgazmasi bilan tanishadi.

Forumning yalpi sessiyasi 18 oktyabr kuni Qo‘qondagi “O‘rda” majmuasida tashkil etiladi. Uning ishida O‘zbekiston hukumati a’zolari ham qatnashadi.

[gallery-19774]

Forum haqida xabarlarimizni kuting.

Muhammadjon Obidov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA