FOTOREPORTAJ
Qo‘qon shahrida III Xalqaro hunarmandlar festivaliga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Asrlar osha davom etib kelayotgan milliy hunarmandchilik an’analarimizni rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, boy madaniy merosimizni dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib qilish va shu orqali jahondagi turli milliy madaniyat va qadriyatlarni yaqinlashtirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan mazkur festivalda bu yil o‘nlab xorijiy davlatlardan yuzlab ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. Shu bilan birga mamlakatimizdan 700 nafar hunarmand o‘z ijodiy ishini namoyish etish, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
[gallery-24447]
Ushbu xalqaro tadbirni uyushqoqlik bilan tashkil qilish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari H. Dolimov, Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov tegishli tashkilot, korxona va mehmonxona mas’ullariga O‘rda maydoni hamda Qo‘qon shahridagi markaziy ko‘chalarni obodonlashtirish o‘zbek, ingliz, turk va boshqa jahon tillarida reklama bannerlarini tayyorlash, barcha mehmonxonalarni festival kunlariga bron qilish va boshqa ko‘plab masalalarda zarur ko‘rsatmalarni berdi.
Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonovning aytishicha, 31 avgustga qadar festivalga tayyorgarlik bo‘yicha barcha ishlar nihoyasiga yetkaziladi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA