Qo‘qonda 912 ta qutidagi pirotexnika vositalari ushlandi
Joriy yilning 22 dekabr kuni Qo‘qon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy holatga chek qo‘yildi.
Dang‘ara tumanida joylashgan Quduq nazorat o‘tish joyida harakatlanib kelayotgan fuqaro M.J. boshqaruvidagi “ISUZI” rusumli yuk avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda uning yuk xonasida 912 ta qutida 9 ming 120 qadoq jami 547 ming 200 dona pirotexnika vositalari va tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 34 dona 32 dyumli televizor va 352 dona changyutgich buyumlari borligi aniqlandi.
Surishtiruv davomida ushbu mahsulotlar fuqaro A.B.ga tegishli ekanligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA