Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon va Farg‘onadagi zavodlar yagona kimyo klasteri bo‘ladi
14:58 / 2024-07-12

Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Qayd etilganidek, Qo‘qon superfosfat zavodi o‘rnida tashkil qilingan “Indorama Qo‘qon” korxonasi mineral o‘g‘it ishlab chiqarishni boshladi.  

Singapurlik hamkorlar “Farg‘ona azot”ni modernizatsiya qilishga ham 250 million dollar investitsiya kiritib, mahsulot hajmini yana 850 ming tonnaga oshirish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.  

Endilikda Qo‘qon va Farg‘onadagi ushbu zavodlar yagona kimyo klasteri bo‘ladi. Ularda suyuq o‘g‘itlar, natriy nitrati, magniy xlor kabi hozirda import bo‘layotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.  

Shuningdek, Qo‘qondagi mexanika zavodining 11 gektarida kimyo texnoparkini tashkil qilish va joriy yilni o‘zida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash rejalashtirilgan.  

O‘zA