Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon universiteti tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi!
19:10 / 2021-10-07

Qo‘qon universiteti 2022 yil uchun 08.00.15 – «Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 08.00.15 – «Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti» ixtisosligi uchun Qo‘qon universitetiga 4 ta davlat kvotasi ajratilgan.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari 2021 yilning 1-25 noyabr kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

1. Chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);

2. Mutaxassislik fani bo‘yicha.

Tayanch doktoranturada o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

— Ariza;

— qisqacha biografik ma’lumotnoma, pasport nusxasi;

— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

— oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

— nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lish talab etiladi);

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Eslatma: Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha bali kamida 5.5),TOEFL (PBT) (567 baldan kam bo‘lmagan), TOEFL (IBT) (87 baldan kam bo‘lmagan), CEFR (B2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihondan ozod etiladi.

Talabgorlar hujjatlarni phd.mininnovation.uz sayti orqali elektron shakl (pdf format)da yuborishlari mumkin. Hujjatlar 2021 yil 15 oktyabrgacha qabul qilinadi. 

Manzil: Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-A uy.

Mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talbagor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

— Ariza;

— qisqacha biografik ma’lumotnoma, pasport nusxasi;

— magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

— ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

- ish joyidan tavsifnoma.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar suhbat asosida qabul qilinadilar!

Murojaat uchun telefon: +998735455555, +998936304148

Email: ilmiy.tadqiqot.departamenti@gmail.com

Reklama huquqi asosida

O‘zA