Qo‘qon shahar elektr tarmoqlari korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Energetiklarga bayram tuhfasi
Tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov mamlakatimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritib, korxona jamoasini samimiy muborakbod etdi.
[gallery-26908]
Fidokorona mehnatlari bilan kasbdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir xodimlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, keng jamoatchilik vakillari yangi qo‘shqavatli binodagi shart-sharoitlar, energiya tejamkorligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan quyosh panellari, raqamli texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan abonent bo‘limi, dispetcherlar ishi bilan yaqindan tanishdilar.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA