Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon dunyo hunarmandlarini chorlamoqda (+video)
13:28 / 2023-08-03

Qo‘qon shahrida 21-23 sentyabr kunlari II Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi. Farg‘ona viloyatida unga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

–Qo‘qon xalqaro hunarmandlar festivali o‘tishi e’lon qilinganidan buyon shahar ko‘chalari obodonlashtirilyapti, infratuzilma yaxshilanyapti yangi mehmonxonalar ochilyapti, – deydi Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov.

2019 yilda birinchi bor bo‘lib o‘tgan Xalqaro hunarmandchilik festivali dunyo miqyosidagi eng mashxur tadbirlardan biri bo‘lgandi. Unga 78 mamlakatning 570 nafar hunarmand va shu soha mutaxassislari, mamlakatimizning esa 1200 dan ziyod nomdor ustazodalari, jami 1 million odam ishtirok etgandi. Festival doirasida ko‘rgazma savdo, ilmiy konferensiyalar, modalar namoyishi, mahorat darslari, hunarmandlar paradi hatto kitoblar taqdimotigacha bo‘lib o‘tgandi.

II Xalqaro hunarmandlar festivali ko‘lami undanda keng bo‘lishi kutilyapti.

–Qo‘qon xalqaro hunarmandlar festivali doirasida xalqaro etnomoda, folklor, opera festivallari, kulollar forumi, ilmiy –amaliy konferensiyalar o‘tkazish belgilandi. Qo‘qon festivali ishtirokchilari Marg‘ilon, Farg‘ona, Rishton hunarmandchiligi markazlarida bo‘lishadi, umuman Farg‘ona viloyatidagi isloxotlar bilan ham tanishadilar, - deydi Xurshid Ahmedov.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/mXyCvqcXtYE" title="Qo‘qon dunyo hunarmandlarini chorlamoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov

Tasvirchi: Elyor Olimov