Qo‘qon davlat pedagogika institutida rektor va talabalar uchrashuvi tashkil etildi
Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xodjayeva va soha prorektorlari fakultet mas’ullari, tyutorlar va talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ijobiy ishlar, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng talabalarning muammolari, ijtimoiy kayfiyati va qiziqishlari tinglandi. Talaba-yoshlarning taklif va qiziqtirgan savollaridan kelib chiqib, turli xil yo‘nalishdagi masalalar joyida hal etildi.
Yakunda rektor Dilnoza Xodjayeva talaba-yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zA