Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon davlat pedagogika institutida muqobil energiya manbalarini joriy etish davom etmoqda
16:14 / 2023-06-12

Bugungi kunda har bir sohada energiya tejovchi texnologiyalarni va muqobil energiya manbalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejamkor texnologiyalarni o‘rnatish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘ldi.  

Ayni kunlarda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 1-, 3-o‘quv binolari hamda 1-sonli talabalar turar joyi 1,2 milliard so‘m evaziga 160 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyalari bilan jihozlandi. Bularning barchasi ish unumdorligini oshirish barobarida, o‘rtacha bir oyda 38 ming kVt elektr energiyasi tejash imkonini beradi.  

Institutda joriy yil yakuniga qadar bu boradagi amaliy ishlar davom ettirilishi belgilangan. Jumladan, binolarga quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilgan.  

Dasturga muvofiq, joriy yilning sentyabr oyiga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi 654 kVt.ga yetkaziladi. Bunda zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitgichlarini bosqichma-bosqich o‘rnatish ko‘zda tutilgan.  

O‘zA