Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi faxriy professori bo‘ldi
19:15 / 2023-06-17

Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Nasimiy nomidagi Tilshunoslik institutida o‘tgan uchrashuvda institut direktori Nodir Mammadli ozarbayjon-o‘zbek tillarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilayotgani, kitoblar nashr etilayotgani haqida to‘xtaldi.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xojayeva mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlarining tarixi va istiqbollari, ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning ilmiy ahamiyati haqida gapirdi.  

Uchrashuvda Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti va Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. So‘ng, Dilnoza Xojayeva ta’lim sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi hamda ilm-fan va tadqiqotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani e’tirofi sifatida Ozarbayjon Tilshunoslik institutining faxriy professori, shuningdek, institutning “Turkologiya” xalqaro ilmiy jurnalining tahrir hay’ati a’zosi etib saylandi.  

Dilnoza Xojayevaga faxriy professor libosi va tegishli unvon berilgani to‘g‘risidagi sertifikat topshirildi.  

O‘zA