Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon aeroportidan Toshkentga har kuni, Samarqand, Buxoro va voha shaharlariga esa har hafta aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi
15:05 / 2024-07-12

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Qo‘qondagi “Tepaqo‘rg‘on” arxeologik yodgorligini turistlar uchun jozibador marshrutga aylantirishga 10 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Yangi o‘quv yilidan Qo‘qon universiteti turizm fakultetida Italiya, Fransiya va Shveysariya o‘quv dasturlari joriy qilinadi, xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.  

Dushanbadan boshlab yangilangan Qo‘qon aeroportidan Toshkentga har kuni, Samarqand, Buxoro va voha shaharlariga esa har hafta aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.  

O‘zA