Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida joriy yilning 13 sentyabrida qabul qilingan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi A.Nazarqulov, DXX chegara qo‘shinlariga qarashli chegara qo‘riqlash vzvodi komandiri A.Abdujabborov, 3-darajali serjant Yu.Aktamovning ma’ruzalarini tingladi.
Tadbirda yoshlarga yangi tahrirdagi qonunning mazmun-mohiyati, Davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha jangovar-xizmat, tezkor-xizmat harakatlari, nazoratga oid, tezkor-qidiruv va rejimli tadbirlar majmui, Davlat chegarasini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi xavfsizligini va hududiy yaxlitligini ta’minlash yuzasidan siyosiy, tashkiliy-huquqiy, diplomatik, iqtisodiy, mudofaa, chegara, tezkor-qidiruv, bojxona, tabiatni muhofaza qilishga oid, sanitariya-epidemiologik va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
A.Qayumov,
O‘zA muxbiri